O‘zbekiston | 10:26 / 05.04.2022
8548
2 daqiqa o‘qiladi

«Yashil hudud» davlat korxonasi direktori tayinlandi

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi direktori tayinlandi. Bu haqda “Nigoh” kanali xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Alijon Mamatkarimov O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – "Yashil hudud" DUK direktori lavozimida ish boshladi.

Alijon Mamatkarimov shu kungacha O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida O‘rmonni qo‘riqlash va muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

Bundan oldin prezidentning “Yashil makon” umummilliy loyihasini samarali tashkil etish hamda yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilingandi.

Ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish hamda “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparatida boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni doirasida ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari – “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi direktori lavozimi va 5 nafar shtat birligidan iborat Yashil hududlarni rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilgan.

Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi moddiy texnika ta’minotini shakllantirish maqsadida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 5 yilda qaytarish sharti bilan 100 mlrd so‘m ssuda ajratadi.

Mavzuga oid