Jahon | 16:04 / 07.04.2022
14133
1 daqiqa o‘qiladi

"Xavfli tuxumlar": Kinder mahsulotlari salmonellyoz tarqalishida taxmin qilinib do‘konlardan yig‘ishtirib olinmoqda

Yevropada Kinder mahsulotlari bilan bog‘liq deb taxmin qilingan 100dan ortiq salmonellyoz kasalligiga chalinish holatlari qayd etilgan. Aksariyat kasallanish holatlari o‘n yoshgacha bo‘lgan bolalarda kuzatilgan.  

Foto: AFP

Ferrero kompaniyasi salmonellyoz kasalligi tarqalishi sababli Yevropaning turli mamlakatlaridagi Kinder mahsulotlarini yig‘ishtirib olmoqda

Jumladan, mashhur shokoladli tuxumlar hamda Schoko-Bons konfetlari peshtaxtalardan olinmoqda.

Hozirda Yevropada Kinder mahsulotlari bilan bog‘liq deb taxmin qilingan 100dan ortiq salmonellyoz kasalligiga chalinish holatlari qayd etilgan. 

Aksariyat kasallanish holatlari o‘n yoshgacha bo‘lgan bolalarda kuzatilgan. 

Ferrero kompaniyasi Fransiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya va Niderlandiyadagi do‘konlarda sotilayotgan Kinder mahsulotlarini qaytarib olishini ma’lum qilgan.

Mavzuga oid