Namangan va Olmaota o‘rtasida muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
Qozog‘istonning «SCAT Airlines» aviakompaniyasi Namangan va Olmaota o‘rtasida muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bermoqda «Uzbekistan Airports».
Qayd etilishicha, 8 aprel kuni «Namangan» xalqaro aeroportiga Qozog‘istonning «SCAT Airlines» aviakompaniyasi samolyoti qo‘ndi.
«Olmaota shahridan uchib kelgan Boeing-737 samolyoti an’anaga ko‘ra, aeroportda tantanali ravishda kutib olindi. Shu kuni soat 02:30 da Namangandan 170 nafar yo‘lovchi Olmaota shahriga uchib ketdi», deyiladi ma’lumotda.
Ta’kidlanishicha, Olmaota – Namangan – Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar muntazam ravishda bajariladi. Parvozlar chorshanba va juma kunlari, haftasiga ikki marta amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
16:20 / 06.01.2025
Namanganda shifokorlar bolaning hayotini saqlab qoldi
14:08 / 30.12.2024
Qozog‘istonda qarovsiz qolgan voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi
11:31 / 26.12.2024
Qozog‘istonda huquqlari buzilgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi
07:34 / 23.12.2024