Jamiyat | 16:20 / 06.01.2025
12802
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda shifokorlar bolaning hayotini saqlab qoldi

1 yosh-u 3 oylik bolakayda talvasa xuruji kuzatilgan. Shifokorlarning tezkor ko‘rsatilgan yordami bilan u qutqarib qolingan.

Namangan shahrida 2 yanvar kuni xususiy klinika shifokorlari yuqori isitma tufayli talvasa xurujiga uchragan bolaning hayotini saqlab qoldi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Kun.uz (@kun.uz)

Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kuni go‘dakning ota-onasi boshqa farzandlari bilan uni olib, istirohat bog‘iga borishgan. Kutilmaganda kichik farzandning isitmasi yuqorilab ketgan. Shundan so‘ng talvasa xuruji kuzatilgan. 

Bola zudlik bilan istirohat bog‘i yaqinidagi klinikaga olib borilgan. Shifokorlar birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatgan. 

Ta’kidlanishicha, bola hozirda o‘zini yaxshi his qilmoqda. U shifokorlar nazorati ostida tegishli muolajalarni olmoqda.

Mavzuga oid