Onasi tomonidan kaltaklangan qizlarning holati haqida ma’lumot berildi
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Xo‘jayli tumanida ayol yosh bolalarini kaltaklab, xo‘rlashi aks etgan video tarqalgandi. Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasi rahbari Nurmuhammad Sapayev onasi tomonidan kaltaklangan qizlarning holati haqida ma’lumot berdi.
Nurmuhammad Sapayevga ko‘ra, video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, qizaloqlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ularning salomatligi joyida.
Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasi rahbarining ta’kidlashicha, onasi tomonidan zug‘umga uchragan qizaloqlarning ovqatlanishi ham joyida. Shifokorlar ular bilan faol muloqotda bo‘lmoqda.
Sapayevning qo‘shimcha qilishicha, qizaloqlar onasidan ajratilib, shifokorlar nazoratiga olingan. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli, adekvat holatda, deb baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, qizlarning kattasi 5, kichigi 3 yoshda. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videolar 2020-2021 yillarda qizlarning onasi tomonidan yozib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 110-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi X.F.ga nisbatan protsessual cheklov chora belgilash masalasi ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston IIV matbuot xizmati bilan suhbatda o‘z qizlarini kaltaklagan ona nega bunday qilganini gapirib bergandi.
Bundan oldin Nukusda yosh ona yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketgandi.
Mavzuga oid
11:00 / 12.12.2024
“Odamlar to‘rtburchak, dumaloq va mehribon” – dunyoni boshqacha “ko‘radigan” bolalar
15:52 / 07.08.2023
Xo‘jaylida temiryo‘lchilar kasalxonasi narkodispanserga aylantirilyapti. Xodimlar ishsiz qolishdan xavotirda
22:51 / 08.04.2023
Mudiraga qonun talablarini chetlab o‘tib, bolalar uyi ochishga kim yordam bergan?
18:50 / 01.06.2022