Jamiyat | 07:35 / 12.04.2022
26160
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent – Andijon poyezdiga tosh otilishi tufayli bir kishi jarohatlandi

Toshkentdan Andijonga harakatlanib ketayotgan poyezdga tosh otilishidan 9 yoshli bola jarohatlandi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot-tahliliy media markazi xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

Joriy yilning 10 aprel kuni Toshkent – Andijon yo‘nalishida harakatlangan 62-sonli yo‘lovchi poyezdiga noma’lum shaxs tomonidan tosh otilgan. Ushbu voqea soat 22:25 da «Oltiariq – Marg‘ilon» uchastkasining 244-kilometrida sodir bo‘lgan.

Poyezdning 6-vagonidagi oynasini yorib o‘tgan tosh 9 yoshli yo‘lovchining bosh qismiga urilgan. Zarba bola qoshining ustki qismiga tegishi oqibatida qon ketishiga sabab bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, soat 22:32 da «Marg‘ilon» temiryo‘l vokzali feldsheri tomonidan zudlik bilan jabrlangan yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ushbu holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid