O‘zbekiston | 13:52 / 13.04.2022
36749
2 daqiqa o‘qiladi

Avtomobilning old o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar ham xavfsizlik kamarini taqishi majburiy etib belgilandi

Yangi tahrirdagi yo‘l qoidalariga binoan 2022 yil 1 maydan boshlab nafaqat avtomobil haydovchisi, balki avtomobil old o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar ham xavfsizlik kamarini taqishi shart bo‘ladi.

Foto: Shutterstock

2022 yil 1 maydan boshlab kuchga kiradigan Yangi tahrirdagi yo‘l qoidalarining 9-bandida konstruksiyasida xavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositasini boshqarayotgan haydovchi va uning old o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar harakatni boshlashdan oldin xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari shartligi belgilangan.

Bunda, homilador ayollar hamda salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat berilgan. Ushbu shaxslarda homiladorligi yoki Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasalliklar ro‘yxatiga muvofiq va ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lishi talab etiladi.

Shuningdek, qoidalarning 159-bandida 12 yoshga to‘lmagan bolalarni mototsiklnipg orqa o‘rindig‘ida, bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida tashish taqiqlanishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, 2016 yildan kuchga kirgan amaldagi Yo‘l harakati qoidalarida faqat haydovchi xavfsizlik kamari taqib olishi shartligi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid