O‘zbekiston | 12:31 / 13.04.2022
4680
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda o‘rmon xo‘jaligiga tegishli yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

U har bir sotix yerni 7 million 250 ming so‘mdan narxlab, 20 sotix yerni 145 million so‘mga sotishini aytib, shundan 100 million so‘m olayotganda qo‘lga olingan.

Foto: Kun.uz

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 7 aprel kuni fuqaro M.J. prokuratura organlariga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida Xudoyberdi ismli shaxs Sariosiyo tumanidagi “Hisor” davlat o‘rmon xo‘jaligiga tegishli 20 sotix yerning har bir sotixini 7 million 250 ming so‘mdan, jami 145 million so‘mga sotishini aytib, shu pulni oldindan berishini talab qilayotganini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur murojaatga asosan viloyati prokuraturasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Sariosiyo tumani, “Subhidam” MFYda yashovchi X.S. arizachidan talab qilingan 145 million so‘mdan 100 million so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid