Jamiyat | 17:36 / 01.05.2022
31977
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda «Mikrokreditbank» rahbari pora bilan qo‘lga olindi

«Mikrokreditbank» Samarqand filiali rahbari tadbirkorga 2 milliard so‘m kredit ajratish evaziga undan 10 ming dollar talab qilgan va pullarni olayotganda ushlangan.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Samarqand shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda «Mikrokreditbank» Samarqand filiali rahbari 1982 yilda tug‘ilgan B.H. Samarqand shahrida joylashgan MChJga 2 milliard so‘m kredit ajratib berish evaziga tadbirkordan 6 ming dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, bank filiali rahbari tadbirkorga 2 milliard so‘m kredit ajratib berish evaziga 10 ming dollar pora talab qilib, 4 ming dollarni oldindan olgan.

Qayd etilishicha, hozirda, mansabdorga nisbatan, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid