O‘zbekiston | 07:36 / 13.05.2022
5764
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryo viloyatini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda Sirdaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”i qarori qabul qilindi.

Foto: uzbekistan.travel

Norma’ning yozishicha, besh yillik davrda Sirdaryo viloyatini rivojlantirishning kompleks dasturi aholi va tadbirkorlarda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Dasturda Sirdaryo viloyatida 2022-2026 yillarda yalpi hududiy mahsulot va sanoat mahsulotlari hajmini 1,6 baravar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,3 baravar, xizmatlar hajmini 3,2 baravar hamda qurilish ishlari hajmini 1,5 baravarga oshirish nazarda tutilgan.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

aholini qiynab kelayotgan mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan “Yo‘l xaritasi”;

Sirdaryo viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari”;

sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining yig‘ma parametrlari;

2022 yilda Sirdaryo viloyatida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha kompleks tadbirlar;

Sirdaryo viloyatining shahar va tumanlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli ro‘yxati.

Mavzuga oid