Jizzaxda 21 yoshli yigitni shaxsiy ma’lumotlarini oshkor qilish bilan qo‘rqitib pul talab qilgan shaxs ushlandi
Tovlamachi yigitni sir saqlanishi lozim bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarini oshkor qilish bilan qo‘rqitib undan 3 million so‘m talab qilib, pullarni olayotganda qo‘lga olingan.
IIV huzuridagi tergov departamentining xabar berishicha, joriy yil 28 aprel kuni 21 yoshli Yu.J. viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga nisbatan tovlamachilik qilmoqchi bo‘layotgan tanishiga chora ko‘rishni so‘ragan.
U arizasida tanishi 25 yoshli R.M. unga tuhmat qilayotganini va yengil tabiatli ayollar bilan bog‘liq munosabatlari, ularga pul sarflayotgani to‘g‘risida ota-onasiga xabar qilishini aytib, Yu.J. uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish bilan uni qo‘rqitib 3 million so‘m talab qilayotganini bildirgan.
Mazkur ariza yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, R.M. Jizzax shahar “Sayiljoyi” MFY hududida arizachidan talab qilingan 3 million so‘mni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jizzax shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan R.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, tovlamachilik jinoyatini sodir etgan shaxs 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanishi mumkin.
Mavzuga oid
15:06 / 28.12.2024
Jizzax viloyatining yangi hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
16:45 / 22.12.2024
Jizzaxda tadbirkorning binosi uchun foydalanishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
12:23 / 19.12.2024