O‘zbekiston | 08:39 / 20.05.2022
6647
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda transport vaziri “hayfsan” oldi. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri esa qat’iy ogohlantirildi

Vazirlar Kengashining tegishli qarori bilan Qoraqalpog‘istondagi har ikkala vazir Prezident tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ogohlantirilgan.

Baxitjan Habibullayev

Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Baxitjan Habibullayev qat’iy ogohlantirilgan. Bunga Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 23-24 fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va 25 fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sabab bo‘lgan.

Sultanbay Saparov

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi transport vaziri Sultanbay Saparovga nisbatan hayfsan e’lon qilingan. U Prezident hujjatlari hamda topshiriqlarining bajarilishini tashkil qilish, hujjatlar bilan ishlash, ijro intizomini nazorat qilish, topshiriqlar ijrosini ta’minlashda yuzaga kelgan muammoli masalalarni hal etish yuzasidan o‘z vaqtida zarur choralar ko‘rmagan. Shunga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Investitsiyalar va tashqi savdo, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha kotibiyati boshlig‘i A.Seytjanovga ham hayfsan e’lon qilingan.

Bundan oldin Qoraqalpog‘istonda transport vaziri va hokim o‘rinbosari jarimaga tortilgandi.

Mavzuga oid