O‘zbekiston | 12:08 / 24.05.2022
10422
2 daqiqa o‘qiladi

“Hozir butun dunyoda konstitutsiyaviy islohotlar sharpasi kezib yuribdi” - Akmal Saidov

Karl Marks va Fridrix Engelsning «Kommunistik partiya manifesti» birinchi jumlasi Yevropada kommunizm sharpasi kezib yuribdi, deb boshlangan. Men shuni sal boshqacharoq qilib, hozir butun dunyoda konstitutsiyaviy islohotlar sharpasi kezib yuribdi, degan bo‘lardim, dedi Saidov.

Foto: Kun.uz

“2022–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” taqdimotida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov O‘zbekistonda boshlanayotgan Konstitutsiya islohoti haqida gapirdi.

Saidov Konstitutsiya islohoti nega zarur bo‘lib qolgani va butun dunyo davlatlarida konstitutsiyalar yangilanayotganini ta’kidladi.

“Karl Marks va Fridrix Engelsning «Kommunistik partiya manifesti» birinchi jumlasi, – deydi Akmal Saidov, – Yevropada kommunizm sharpasi kezib yuribdi, degan so‘z bilan boshlangan. Men shuni sal boshqacharoq qilib, hozir butun dunyoda konstitutsiyaviy islohotlar sharpasi kezib yuribdi, demoqchiman.

Oxirgi 25 yilda 100dan ortiq davlatda konstitutsiyaviy islohotlar bo‘lyapti. Faqatgina 21 asrda 57ta davlatda konstitutsiya qabul qilindi. Hozir biror davlatda o‘zgartirish kiritilmagan konstitutsiya qolmadi”.

Taqdimot davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari “NNT to‘g‘risida”gi kodeksni ishlab chiqish masalasiga ham to‘xtaldi.

Unga ko‘ra, islohotlarni fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilik nazoratisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu sabab ham O‘zbekistonda “NNT to‘g‘risida”gi kodeksni ishlab chiqishga ehtiyoj bor.

Mavzuga oid