Jahon | 16:38 / 27.05.2022
6866
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonlik yozuvchi Gitanjali Shri Buker mukofotiga sazovor bo‘ldi 

Gitanjali Shri - uchta roman va bir nechta hikoyalar to‘plami muallifi. Uning asarlari ingliz, fransuz, nemis, serb va koreys tillariga tarjima qilingan.

Foto: David Cliff / AP / TAS

Hindistonlik yozuvchi Gitanjali Shri adabiyot bo‘yicha xalqaro Buker mukofoti laureati bo‘ldi.

U Tomb of Sand («Qum qabr») asari uchun ushbu mukofotga loyiq deb topildi. Romandagi voqealar shimoliy Hindistonda bo‘lib o‘tadi. Bosh qahramon – erining o‘limi va qizi bilan og‘ir munosabatlar tufayli tushkunlikka tushgan 80 yoshli ayol. U Pokistonga boradi, u yerda og‘riqli xotiralar bilan yashaydi, lekin yakunda quvonchning yangi manbalarini topadi.

Kitobni Deyzi Rokvell ingliz tiliga o‘girgan, u ham tarjima uchun Buker mukofotiga sazovor bo‘ldi. «Qum qabr» — hind tilidan inglizchaga o‘girilgan va bu mukofotga loyiq topilgan birinchi roman.  

Gitanjali Shri — uchta roman va bir nechta hikoyalar to‘plami muallifi. Uning asarlari ingliz, fransuz, nemis, serb va koreys tillariga tarjima qilingan. Shri 1957 yilda Maynpuri shahrida tug‘ilgan. U hozirda Nyu-Dehlida yashaydi.

Mavzuga oid