Kommunal xizmatlarni to‘lash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish tartibi e’lon qilindi
Moliya vazirining “Uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.
Uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasiga ko‘ra, 1941–1945 yillardagi urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi miqdorida oylik kompensatsiya oluvchilari hisoblanadi.
Quyidagilar pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida oylik kompensatsiya oluvchilari hisoblanadi:
a) qonunchilikka muvofiq 1941–1945 yillardagi urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
b) o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensiya yoki nafaqa oluvchi shaxslar;
v) Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari va “Slava” ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar;
g) fashist konslagerlarining sobiq voyaga yetmagan mahbuslari;
d) Leningrad shahri qamali davrida ishlagan shaxslar;
ye) ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
j) Chernobil halokati oqibatida jabrlangan shaxslar;
z) yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar.
Pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 25 foizi miqdorida oylik kompensatsiya oluvchilari deb 1941–1945 yillardagi urush davrida mehnat frontining qatnashchilari hisoblanadi.
Kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga, ularning pensiya yoki nafaqa olishi (olmasligi) hamda mehnat faoliyatini olib borishi (bormasligidan) qat’i nazar kompensatsiya olish huquqini beruvchi hujjatni ilova qilgan holda kompensatsiya tayinlash to‘g‘risida ariza topshirilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi orqali tayinlanadi hamda pensiya va nafaqalar to‘lanadigan tartib va muddatlarda to‘lanadi.
Bunda davlat budjeti hisobidan pensiya oluvchi pensionerlarga kompensatsiyalar pensiya tayinlangan tashkilot orqali tayinlanadi hamda pensiya va nafaqalar to‘lanadigan tartib va muddatlarda to‘lanadi.
Bir necha asosga ko‘ra kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga ularning tanlovi bo‘yicha eng ko‘p miqdordagi bitta kompensatsiya tayinlanadi va to‘lanadi.
Mavzuga oid
13:05 / 23.12.2024
1 yanvardan ayrim tadbirkorlarga kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi
16:47 / 12.12.2024
Tadbirkor foydasiga hokimlikdan 1,5 milliard so‘m kompensatsiya undirildi
17:32 / 30.11.2024
AQShda erkak uni noto‘g‘ri davolagan klinikadan 412 mln dollar tovon undiradigan bo‘ldi
19:18 / 19.10.2024