O‘zbekiston | 08:13 / 31.05.2022
8603
2 daqiqa o‘qiladi
Davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, nizomda quyidagi tushunchalar nazarda tutilgan: avans to‘lovi, zakalat, davlat buyurtmachisi, davlat xaridlarining reja-jadvali, davlat xaridlarining elektron tizimi va boshqalar.
Nizom quyidagilarni belgilaydi:
- davlat xaridlarini elektron shaklda o‘tkazishning umumiy qoidalari va shartlari;
- xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari hamda davlat xaridlarini o‘tkazish mezonlari va tartiblari;
- boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion orqali davlat xaridlarini amalga oshirishda tovarlarni yetkazib berish muddatlari;
- eng yaxshi takliflarni tanlash va tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida ishtirokchilarning asosiy benefitsiar mulkdor to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etishi to‘g‘risidagi talab;
- hadli kelishuv tartib-taomili orqali davlat xaridlarini amalga oshirish shartlari;
- to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi;
- davlat buyurtmachilari tomonidan tuzilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomalarning yagona reyestrini yuritish qoidalari.
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
17:42 / 16.12.2024
7,2 mlrd so‘mlik tender savdolari ixtiyoriy ravishda bekor qilindi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
09:55 / 15.10.2024