Zarafshon daryosida GES qurilishiga start berildi
Tojikiston prezidentining tashrifi doirasida Zarafshon daryosida Yavan gidroelektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Imomali Rahmon ramziy tugmani bosib, qurilishga start berdi.
Ushbu inshoot energetika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikda birinchi yirik loyiha bo‘ladi. 140 megavatt quvvatli zamonaviy stansiya mamlakatlarimiz energetik xavfsizligi, suv va qishloq xo‘jaligi barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Muhandislik ishlari to‘liq zamonaviy standartlar asosida, ilg‘or xorijiy kompaniyalar ishtirokida olib borilmoqda.
Loyihani moliyalashtirishga yetakchi xalqaro institutlar, shu jumladan Osiyo taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qiziqish bildirgan.
Ushbu loyiha tarmoqning ilmiy va ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlash, minglab xonadonlar va yangi korxonalarini «yashil» energiya bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
14:48 / 18.12.2024
Navoiyda 33 yoshli erkak o‘ldirilib, Zarafshon daryosiga tashlab yuborildi
18:11 / 12.12.2024
Mato ishlab chiqarish va bo‘yash korxonalari qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi
19:53 / 11.12.2024
Toshkentda Yunusobod dehqon bozori o‘rnida uch qavatli ekobozor quriladi
19:47 / 11.12.2024