O‘zbekiston aprel oxirida Afg‘oniston xalqiga jo‘natgan insonparvarlik yordami hududlarga yetkazilmoqda
Afg‘onistonning Balx viloyati Qaldar tumanida O‘zbekiston tomonidan 30 aprel kuni Ramazon hayiti munosabati bilan yetkazilgan insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, 2 iyun kuni bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirokchilar O‘zbekiston rahbariyatiga chuqur minnatdorlik bildirib, insonparvarlik yordami o‘z vaqtida ko‘rsatilayotganini alohida ta’kidladi.
Tuman rahbari M.Vali O‘zbekistonning insonparvarlik yordami Afg‘onistonning shimoliy hududlari, xususan, Balx viloyati aholisi farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.
Un, o‘simlik yog‘i, bug‘doy, guruch, makaron, konserva, kiyim-kechak va boshqa mahsulotlardan iborat oziq-ovqat to‘plamlari, kiyim-kechak bir oy avval kuchli suv toshqini va sel sodir bo‘lgan Qunduz, Samangan, Tahor va Juzjon viloyatlariga ham yuboriladi.
Mavzuga oid
17:13
O‘zbekiston Afg‘oniston aholisiga insonparvarlik yordami va «Salomatlik» poyezdini jo‘natdi
17:10
Pokiston Afg‘onistondagi nishonlarga havodan zarba berdi
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
17:52 / 07.12.2024