Hokimliklarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha vakolatlaridan biri bekor qilindi
Yerdan boshqa maqsadlarda foydalanilganda kadastr organlari yer egasini xabardor qilgan holda sudga ariza kiritishi mumkin.
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan amaldagi 20 dan ziyod qonun, jumladan 4 ta kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
“Huquqiy axborot” kanalining xabar berishicha, Yer kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, hokimliklarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov yakunlarini tasdiqlash vakolati chiqarib tashlandi.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risida Ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko‘chirma beriladi (ilgari guvohnoma).
Yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan xabardor qilgandan keyin yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilish haqida sudga da’vo arizasi kiritishi belgilandi.
Bo‘sh turgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari fermer xo‘jaligini yuritish uchun ochiq elektron tanlov orqali beriladi (ilgari ochiq tanlov asosida).
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi fuqarolarga yakka tartibdagi bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilik uchun yer uchastkalarini ajratishga nisbatan ham tatbiq etiladi.
“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslarning va o‘z tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilalarning elektron onlayn-auksionlar vositasida yer uchastkalarini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.
Mavzuga oid
10:34 / 05.12.2024
Hokimlik balansidagi orderli uyni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
10:19 / 08.11.2024
“Tanish-bilish o‘tmaydi” – Kadastr agentligi direktori yerga egalik huquqini olishda firibgarlarga aldanmaslikka chaqirdi
20:28 / 01.11.2024