Ukrainaga O‘zbekistondan navbatdagi gumanitar yordam paketi jo‘natildi
Ukrainaning Karpatorti viloyatiga O‘zbekistondan yuborilgan 19 tonnadan ortiq dori-darmonlar yetib bordi.
Ukraina 6 iyun kuni O‘zbekistondan insonparvarlik yuklarini qabul qilgan. Bu haqda Karpatorti viloyati ma’muriyati xabar bermoqda.
Hudud rahbari Viktor Mikitaning so‘zlariga ko‘ra, 19 tonnadan ortiq dori-darmonlar samolyot orqali Slovakiyadagi gumanitar markazga olib kelingan, shundan so‘ng Ukrainaning Karpatorti viloyatiga yetkazilgan.
Qayd etilishicha, 12 turdagi 200 ming donadan ortiq miqdordagi antibiotik va vitaminlardan iborat insonparvarlik yordamining qiymati 1 mln dollardan oshadi.
Gumanitar yordam jangovar hududlar va kasalxonalardagi harbiy shifokorlarga yuboriladi, deyiladi xabarda.
“Biz ko‘rsatilgan yordam uchun do‘stlarimizga, tadbirkorlarga, o‘zbekistonlik ko‘ngillilarga hamda shaxsan Ukrainaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenkoga muvofiqlashtirish va samarali gumanitar yo‘lak tashkil etgani uchun chin dildan minnatdorchilik bildiramiz”, deya ta’kidladi Karpatorti viloyati rahbari.
Avvalroq ham Karpatorti viloyatiga O‘zbekistondan 34 tonnadan ortiq miqdordagi insonparvarlik yordami yuborilgandi. Uning tarkibi — dori-darmonlar, individual aptechka va uzoq muddat saqlanuvchi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024
Zelenskiy bir qator ukrainalik diplomatlarni ishdan oldi
15:13 / 21.12.2024