O‘zbekiston | 17:23 / 11.06.2022
10926
1 daqiqa o‘qiladi

Respublika oliy ta’lim kengashiga yangi vakolatlar berildi 

Hukumat qarori bilan Respublika oliy ta’lim kengashi tarkibi yangilandi, kengashga yangi vakolatlar berildi. 

“Rasmiy xabarlar” kanalida yozilishicha, kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq endilikda:

  • oliy ta’lim sohasiga tegishli barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari kengash bilan kelishiladi;
  • Respublika oliy ta’lim kengashi Toshkent davlat transport universiteti binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi;
  • respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari va rektorlarning mustaqil reytingini shakllantirish hamda ularning yillik o‘sish dinamikasini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy masalalarda ko‘maklashiladi;
  • oliy ta’lim muassasalari rektor lavozimlariga munosib nomzodlarni saralash hamda boshqaruv kadrlar zaxiralarini shakllantirish maqsadida “Rektorlar maktabi” tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkent davlat transport universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgan Odil Abdurahmonov bir vaqtning o‘zida kengashga raislik qiladi.

Mavzuga oid