O‘zbekiston | 11:09 / 13.06.2022
3975
1 daqiqa o‘qiladi

Hisob palatasi ASOSAI tashkilotiga a’zo bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Osiyo Oliy audit organlarining xalqaro tashkiloti (ASOSAI) Boshqaruv kengashining 58-uchrashuvida ushbu tashkilot tarkibiga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilindi, deya xabar bermoqda Hisob palatasi matbuot xizmati.

Foto: yuz.uz

ASOSAI 1979 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda uning tarkibiga 46 ta mamlakat oliy audit organlari qabul qilingan.

Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi – a’zo mamlakatlar orasida davlat auditi sohasida fikr va tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalar va nazorat tadbirlari doirasida hamkorlik qilish, sifat va samaradorlikni oshirish maqsadida davlat auditorlarining doimiy malakasini oshirish imkoniyatlarini ta’minlashdan iborat.

ASOSAI’ga a’zolik O‘zbekistonda tashkil qilingan davlat moliyaviy nazorati tizimi uchun bir qator tizimli afzalliklar beradi, xususan:

  • audit tizimining salohiyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirish;
  • davlat sektorini nazorat qilishning yangi standartlarini o‘zlashtirish;
  • xorijiy tajriba almashish;
  • xalqaro hamjamiyat doirasida e’tirof etilgan jamoatchilik ovoziga ega bo‘lish.

Mavzuga oid