O‘zbekiston | 07:42 / 13.06.2022
45207
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Chorsu bozoridan 158 kilogramm shakar sotib olgan fuqaro aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi Chorsu bozoridan 158 kilogramm shakar sotib olgani haqida ma’lumot tarqaldi. Shu bilan birga, u o‘z qarindoshlari va do‘stlarini xarid qilish jarayoniga jalb qilgan.

Foto: kadr iz video

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xodimlari buning sababini aniqlashga qaror qilishdi.

Bozor ma’muriyati kun davomida bozorda 30 tonna shakar sotilayotganini, bir kilogrammi 10 ming so‘mdan xaridorlarga taklif etilayotganini ma’lum qildi. Har bir kishi 5 kilogrammgacha shakar sotib olishi mumkin.

«Biz odamlardan vahimaga berilmaslikni so‘raymiz. 2-3 kilogramm sotib oling. Ertaga 10 kilogrammdan sotamiz. Shakar zavodlari ishlayapti, lekin odamlar vahimaga tushmoqda», - deydi bozor vakili. 

Shu bilan birga, xaridorlardan biri birdaniga 158 kilogramm shakar sotib olishga qaror qilgan.

«Shakar arzon narxda sotilayotgani haqida eshitdim. Shakar yetarli edi. Katta navbat yo‘q edi. Odamlar vahima qilishdi, men ham ko‘proq sotib olishga qaror qildim. Qarindoshlarim va do‘stlarimga qo‘ng‘iroq qildim. To‘rt joyda navbatda turdik. Joylarda navbat almashtirib, shu tariqa 158 kilogramm shakar yig‘ib oldik. Mening oilam uchun 5 kilogramm ham yetarli», dedi u. 

Qarindoshlaridan biri ham voqea qanday yuz berganini aytib berdi.

«Akam menga qo‘ng‘iroq qildi. Biz unga yordam berishimiz kerakligini aytdi. Besh joydan shakar sotib oldim, - dedi u. 

Bozor ma’muriyati vakilining fikricha, erkak shu yo‘l bilan shakarni qayta sotmoqchi bo‘lgan.

«158 kilogramm shakarni nima qiladi? Ularning har biriga 5 kilogrammdan berdik, sotuvchilarga esa 138 kilogrammni qaytardik. Boshqalar sotib oladi», dedi u. 

Boshqa xaridorlar shakar sotib olishda hech qanday muammo yo‘qligini aytishgan.

Mavzuga oid