Qozog‘istondan 31 nafar o‘zbekistonlik chiqarib yuborildi
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida politsiya xodimlari kavrak o‘simligini noqonuniy yig‘ib olish bilan shug‘ullangan 51 nafar xorijlikni aniqladi.
Viloyat politsiya departamenti xabariga ko‘ra, Turkiston viloyati politsiyachilari tomonidan migratsiya qonunchiligi sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, noqonuniy migratsiya kanallariga chek qo‘yish va ularning tashkilotchilarini aniqlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, viloyat hududida joylashgan chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan aholi migratsiyasi sohasidagi Qozog‘iston qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan muntazam ravishda reyd va profilaktika tadbirlari tashkil etilib, kompleks tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, O‘tror tumani politsiya bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan profilaktika tadbirlari davomida “Qoraqo‘ng‘ir” QFY hududidagi dasht kengliklarida dorivor kavrak o‘simligini terayotgan 51 nafar chet el fuqarosi aniqlandi.
Ma’lum qilinishicha, ulardan 31 nafari O‘zbekiston, 17 nafari Tojikiston fuqarolari bo‘lgan. Politsiyachilar xorijliklarni tuman bo‘limiga olib borgan.
Ularga nisbatan Qozog‘iston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 517-moddasi 5-qismi («Chet ellik yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan Qozog‘istonning aholi migratsiyasi sohasidagi qonunchiligini buzish») bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar tuzilib, ular sud qarori bilan mamlakatdan chiqarib yuborilgan.
Mavzuga oid
17:04 / 11.12.2024
Qozog‘istonda kuydirgi sababli chorva uchun majburiy karantin joriy etildi
12:27 / 26.02.2024
Hindiston O‘zbekistondan quruq mevalar va kavrak tabiiy yelimi importini oshiradi
18:39 / 15.02.2024
Qozog‘iston O‘zbekistondan tarixiy meros buyumlarini qaytaradi
18:33 / 14.02.2024