Jizzaxdagi dovonda tormozi ishlamay qolgan DAF mashinasi ikkita yuk mashinasi bilan to‘qnashdi
Hodisa oqibatida DAF AYoQShga borib urilgan. "GAZ-53" mashinasi ag‘darilib ketgan. Isuzu esa yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan va haydovchisi tan jarohati olgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 21 iyun kuni soat 17:30 larda M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan 1013-kilometrida uchta yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
1979 yilda tug‘ilgan haydovchi H.B. DAF rusumli yuk mashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning dovon qismidan tushishda tormoz tizimidagi nosozlik sabab yo‘l chetida turgan, somon ortilgan "GAZ-53" rusumli yuk avtomashinasini va o‘zidan oldindan harakatlanib ketayotgan Isuzu yuk mashinasini urib, yo‘l chetiga chiqib ketgan.
Oqibatda, DAF yuk mashinasi AYoQShlardan biriga borib urilgan va uning uskunalarini yaroqsiz holga keltirgan. "GAZ-53" mashinasi ag‘darilib ketgan. Isuzu esa yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan va kabina yaroqsiz holga kelgan. Uning haydovchisi tan jarohati olgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Jizzaxda tormozi pand bergan yuk mashinasi to‘rtta mashinaga zarar yetkazgan va 8 kishi jarohat olgandi.
Mavzuga oid
09:58
Kir yuvish mashinasining quritish qismida qisilib qolgan bola qutqarildi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
15:25 / 15.12.2024
Toshkent-Termiz yo‘lining Jizzaxdagi dovondan o‘tgan qismida yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklandi
18:54 / 10.12.2024