Surxondaryoda xususiy universitet tashkil etib, fuqarolardan pul undirgan shaxslar aniqlandi
Surxondaryo viloyatida tegishli ruxsatnomasiz xususiy universitet tashkil etib fuqarolardan pul undirish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, fuqarolar M.J. va S.S. o‘zaro til biriktirib, “U.A.” MChJni tashkil etishib, so‘ngra internet ijtimoiy tarmoqlarda (“Telegram”) “At Termiziy University” xususiy universiteti kanalini ochib, faoliyat yuritishga tegishli ruxsatnoma olinmagan universitetga o‘qishga qabul boshlangani haqida xabarlar berib, ushbu universitetda o‘qish istagini bildirgan 73 nafar fuqaroning 306,9 mln so‘mini to‘lov pullari sifatida qabul qilib olgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
“Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar! Mamlakatimiz hududida mavjud nodavlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga hujjat topshirish yoki kontrakt to‘lovlarini amalga oshirishdan avval, ularning O‘zbekistonida tan olinganligiga rasmiy axborot kanallari orqali aniqlik kiritishingizni so‘rab qolamiz”, deyiladi mahkama ma’lumotida.
Mavzuga oid
15:03 / 10.01.2025
"Top-500"ga kiradigan universitetlar bilan birga kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi
17:44 / 06.01.2025
Denovda ko‘prik ochilishiga bag‘ishlangan tadbirga yupun kiyimdagi o‘quvchilar jalb qilindi
11:40 / 28.12.2024
Surxondaryoda 15 yoshli qizini doimiy tarzda kaltaklab kelgan ayol aniqlandi
15:34 / 18.12.2024