Bobur haqidagi kitob The Guardian e’tirofiga sazovor bo‘ldi
“Bobur tarixi. Shahzoda, Sulton, Donishmand” The Guardian gazetasi talqiniga ko‘ra, joriy yilning yoz faslidagi bolalar uchun eng yaxshi suratli nashrlar ro‘yxatiga kiritildi.
Bundan tashqari, Anuradxa Sharma muallifligidagi kitob Buyuk Britaniyaning nufuzli bolalar kitoblari guruhlari uyushmasi a’zosi Redingdagi bolalar kitoblari guruhi tomonidan iyun oyining eng yaxshi kitobi deb topildi.
“Bobur tarixi. Shahzoda, Sulton, Donishmand” asari Boburning xotiralari jamlangan “Boburnoma”ning go‘zal qayta hikoyasidir. Bu islom adabiyoti tarixidagi birinchi haqiqiy tarjimai hol bo‘lgan edi.
Kitob shu yilning may oyida ingliz tilida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi @acdfuz tomonidan Scala Publishers nashriyoti bilan hamkorlikda nashr etilgan. Avgust oyida o‘zbek va rus tillarida hamda uchta Brayl shriftida chop etiladi.
Mavzuga oid
19:30 / 04.12.2024
Britaniyaning The Guardian gazetasi jurnalistlari 50 yil ichida birinchi marta ish tashlash e’lon qildi
20:37 / 13.11.2024
The Guardian Twitter’ni tark etishini ma’lum qildi
12:28 / 14.02.2020
«Boburnoma»ning yangi nashri taqdim etildi
14:10 / 09.07.2019