Jahon | 21:51 / 28.06.2022
11447
1 daqiqa o‘qiladi

Bolgariya bosh vaziri 70 nafar rossiyalik diplomat mamlakatdan chiqarib yuborilishini aytdi 

Kiril Petkov avvalroq diplomatik faoliyat niqobi ostida maxsus xizmatlar uchun ishlagan rossiyaliklar mamlakatdan chiqarib yuborilishini aytgandi.

Foto: topnovini.bg

Bolgariya bosh vaziri Kiril Petkov 70 nafar rossiyalik diplomat 3 iyul kuni mamlakatdan chiqarib yuborilishini aytdi.

"Biz 70 o‘rinli samolyot yakshanba kuni Moskvaga uchib ketishini kutyapmiz", - dedi Petkov.

Petkov avvalroq diplomatik faoliyat niqobi ostida maxsus xizmatlar uchun ishlagan rossiyaliklar mamlakatdan chiqarib yuborilishini aytgandi.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi Moskva bunga "tegishli javob" qaytarishini bildirdi.

Mavzuga oid