O‘zbekiston | 11:57 / 28.06.2022
6822
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda viloyat XTB mansabdorlari sport anjomlarini qimmat narxlarda xarid qilgani aniqlandi

Namangan shahrida sport anjomlarini qimmat narxlarda xarid qilinganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi moddiy javobgar shaxslari va boshqalar “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ravishda 13 turdagi sport anjomlarini haqiqiy bahosidan 537,1 mln so‘mga qimmat narxlarda xarid qilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Mahkama xabariga ko‘ra, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid