Jizzaxda ota-ona 9 yoshli farzandiga Toshkent-Termiz yo‘lida mashina boshqaruvini topshirdi
Ota-onaga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan chora ko‘rilgan.
Jizzax viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 8 iyul kuni M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining G‘allaorol tumanidan o‘tgan 1035-kilometrida Cobalt mashinasi to‘xtatilgan.
Tekshiruv jarayonida mashinani G‘allaorol tumani Lalmikor qo‘rg‘onida yashovchi 2013 yilda tug‘ilgan, 3-sinf o‘quvchisi boshqarib ketayotgani aniqlangan.
Dastlabki surishtiruvda, mashina boshqaruvini 9 yoshli maktab o‘quvchisiga uning ota-onasi topshirgani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Cobalt tegishli tartibda jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Yosh bolaga mashina boshqaruvini topshirgan ota-onaga MJtKning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
15:25 / 15.12.2024
Toshkent-Termiz yo‘lining Jizzaxdagi dovondan o‘tgan qismida yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklandi
18:54 / 10.12.2024
Jizzaxda 1 mlrd so‘mlik qalbaki pul sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
11:45 / 01.12.2024