O‘zbekiston | 14:52 / 14.07.2022
38160
2 daqiqa o‘qiladi

Saratonda ham yashil tabiat, purviqor tog‘lar – Zomindan fotoreportaj

Zomin deganda ko‘pchilikning ko‘z o‘ngiga archa va boshqa daraxtlar bilan qoplangan tog‘lar, salqin hamda toza havo, yam-yashil tabiat keladi. Dam olish kunlarida Kun.uz muxbirlari Zominda bo‘lib, uning diqqatga sazovor tabiatini kadrlarga muhrladi.

Foto: KUN.UZ

So‘nggi yillarda O‘zbekiston aholisi uchun Zomin tumani mamlakatdagi eng ommabop dam olish maskanlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Yoz kelib, kunlar isib ketganda turli viloyatlardan bu yerga salqin va toza havoda dam olib ketish uchun ko‘plab odamlar keladi.

Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket to‘rt kun dam olish deb e’lon qilingani uchun tuman markazidan Zomin sanatoriysigacha bo‘lgan yo‘lning yoqalarida joylashgan barcha mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari dam oluvchilar bilan to‘la edi.

Avvalgi yillardan farqli ravishda bu yil ta’bni tirriq qiladigan ayrim holatlar ham bor. Jumladan, Zomin shahridan Zomin sanatoriysiga olib boradigan yo‘l ancha ta’mirtalab holga kelib qolgan.

Bundan tashqari, ko‘p sonli dam oluvchilarning tabiatga munosabati ham haminqadar. Buni tiniq suvli soydan oqib kelayotgan plastik idishlar va sellofan paketlardan ham bilib olsa bo‘ladi.

Shunday bo‘lsa ham Zomin o‘zining betakror tabiati va salqin hamda toza havosi bilan dam oluvchilarni jalb qilishda davom etmoqda.

G‘ayrat Yo‘ldosh

Fotosuratlar muallifi – Jahongir Aliboyev

Mavzuga oid