Jamiyat | 09:19 / 24.07.2022
12166
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1,5 ming dollar olgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi

Buxoroda ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan fuqaro qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida Shofirkon tumani Chandir qishlog‘ida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan A.Y. Muborak tumanidagi tibbiyot texnikumida ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni ushbu texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1,5 ming dollar pulni firibgarlik yo‘li bilan talab qilib, Buxoro shahridagi savdo majmuasi oldida ushbu pullarni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan A.Y.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid