Jamiyat | 16:15 / 26.07.2022
8595
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda kollej direktori o‘rinbosari 200 dollar pora bilan ushlandi

Buxoro viloyatida pedagogika kolleji direktori o‘rinbosari fuqarodan 200 dollar pora olganda ushlandi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Vobkent tumani pedagogika kolleji direktori o‘rinbosari shu tumanda yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan M.O. mazkur kollejning maktabgacha ta’lim fakulteti sirtqi yo‘nalishiga imtihonlarsiz o‘qishga kiritish evaziga pul so‘ragani aniqlangan. Firibgarlik yo‘li bilan tumanning Gajdumak mahallasi Oqgul qishlog‘ida joylashgan kafeda fuqarodan kimyoviy ishlov berilgan 200 dollarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid