Toshkentda kommunal to‘lovlar uchun undirilgan pullarni o‘zlashtirgan shirkatlar aniqlandi
Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahrining Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida kommunal to‘lovlar uchun undirilgan pullarni o‘zlashtirgan shirkatlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, “S.K.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati moddiy javobgar shaxslari xonadon egalaridan kommunal to‘lovlari uchun undirilgan jami 269,8 mln so‘mni bank kassasiga kirim qilmasdan, talon-toroj qilgani aniqlangan.
Shu kabi, Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, “G‘.S.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari D.S. aholidan kommunal to‘lovlari uchun undirilgan 95,2 mln so‘m naqd pulni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Mahkama xabarida aytilishicha, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:05 / 23.12.2024
1 yanvardan ayrim tadbirkorlarga kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi
10:56 / 31.08.2024
Kommunal xizmat ko‘rsatishda huquqni qo‘llash amaliyoti bir xilligi ta’minlanadi
12:07 / 15.07.2024
Toshkentda uylarga xizmat ko‘rsatuvchi shirkat elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
07:12 / 11.06.2024