Jamiyat | 12:07 / 15.07.2024
2772
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda uylarga xizmat ko‘rsatuvchi shirkat elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 61,8 mln so‘mni tashkil etgan.

Foto: O‘zenergoinspeksiya

Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi shirkat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

«O‘zenergoinspeksiya» Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Yashnobod tumanida faoliyat yuritayotgan «I.S.T.» MChJ elektr qurilmalarining elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatib, 9 qavatli uyning 4 ta lift va 40 dona yoritgichi orqali elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 61,8 mln so‘mni tashkil etgan.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mavzuga oid