O‘zbekiston | 08:21 / 12.08.2022
14644
2 daqiqa o‘qiladi

Haydovchilar orasida maxsus «vizitka»lar tarqaldi. YHXX ular soxta ekanini ma’lum qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda IIV JXD YHXX boshlig‘i Olim Saidov fotosurati hamda unga tegishliligi aytilgan "vizitka" ko‘rinishi e’lon qilindi. 

Foto: IIV Jamoat xavfsizligi departamenti

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, mazkur "vizitka" bilan bog‘liq holat joriy yilda YPX xodimi tomonidan aniqlangan va tegishli tartibda bildirgi orqali ma’lum qilingan.

Xodim bildirgisi asosida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 1996 yilda tug‘ilgan S.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismi "b" bandi (Takroran firibgarlik sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bildirilishicha, suratda aks etgan "vizitka" soxta bo‘lib, IIV JXD YHXX boshlig‘i Olim Saidovga tegishli emas.

“Tashrif qog‘ozi hech qanday huquqiy ahamiyatga ega emasligini va hech kimga muayyan huquq hamda imtiyoz bermasligini ma’lum qilamiz. Agarda "vizitka" bilan bog‘liq holatga duch kelsangiz 102 raqamiga yoki IIV JXD YHXXning (71) 267-60-10 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz.

Ayrim ijtimoiy tarmoq obunachilaridan asoslantirilmagan, aniqlik kiritilmagan ma’lumotlarni turli noo‘rin izohlar bilan omma e’tiboriga tarqatmaslikni so‘raymiz. Shaxs qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz”, deyiladi rasmiy xabarda.

Mavzuga oid