O‘zbekiston | 09:37 / 13.08.2022
11237
1 daqiqa o‘qiladi

Kimlar va nimalar davlat chegarasi orqali navbatsiz o‘tkazilishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda davlat chegarasi orqali qator transport va tovarlar navbatsiz o‘tkaziladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali yozmoqda.

Foto: atpress.kz

Qayd etilishicha, ular quyidagilar:

  • qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarga muvofiq muayyan imtiyozlarga ega shaxslar va ular ketayotgan avtotransportlar;
  • og‘ir bemorlar, homilador va nogironlar, 7 yoshgacha bolalar, ularga hamrohlik qiluvchilar va ular ketayotgan avtotransportlar;
  • xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni muntazam tashiydigan transportlar;
  • tirik hayvonlar, tez buziladigan tovarlar, radioaktiv materiallar, OAV uchun xabarlar va boshqa materiallar;
  • tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar oqibatlarini bartaraf etishda zarur bo‘lgan va insonparvarlik yordami sifatida yuboriladigan tovarlar, ushbu tovarlar olib o‘tiladigan transportlar;
  • prezident administratsiyasi yoki hukumat tegishli yozma topshirig‘iga muvofiq shaxslar, transportlar va tovarlar;
  • O‘zbekiston xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladigan tovarlar;
  • O‘zbekiston oliy qonunchilik, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlariga yuboriladigan tovarlar.

Mavzuga oid