O‘zbekiston | 08:37 / 17.08.2022
3850
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda fazoviy ma’lumot infratuzilmasi rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar aytildi

Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish strategiyasi loyihasi e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, fazoviy ma’lumotlar ochiqligi va ulardan foydalanish, ushbu sohada Kadastr agentligi, mas’ul vazirlik va idoralarga yuklatilgan vazifalarni to‘liq bajarishga to‘sqinlik qilayotgan qator kamchilik va muammolar mavjud.

Ular:

  • birinchidan, elektron davlat xizmatlari va axborot tizimlari orqali fazoviy ma’lumotlarni taqdim qilishda ma’lumotlarni elektron shaklga o‘tkazish to‘liq amalga oshirilmagani sababli fazoviy ma’lumotlarni tezkorlik bilan tahlil qilish imkoniyati yo‘q;
  • ikkinchidan, mavjud axborot tizimlari turli xil dasturlash tilida va bir-biriga murakkab integratsiyalashgan holda foydalanilmoqda hamda yagona platforma mavjud emas;
  • uchinchidan, fazoviy ma’lumotlar servislari orqali xizmat ko‘rsatilishida fazoviy ma’lumotlarga, bazaviy va sohaga oid fazoviy ma’lumotlarga hamda ular metama’lumotlariga ishlov berish zarurati tug‘ilmoqda;
  • to‘rtinchidan, bazaviy, sohaga oid fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlarni yaratish, yuritishda davlat organlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini ta’minlovchi yagona dasturiy mahsulotlar hamda fazoviy ma’lumotlar bo‘yicha standartlar mavjud emas;
  • beshinchidan, fazoviy ma’lumotlar bazasini kengaytirish uchun davlat organlari o‘rtasida ma’lumotlar almashish darajasi past;
  • oltinchidan, soha yo‘nalishida geoaxborot texnologiyalari, yerni masofadan zondlash yo‘nalishlarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda tizimli kamchiliklar mavjud.

Ushbu kamchilik va muammolar fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirishda to‘sqinlik qilmoqda.

Mavzuga oid