O‘zbekiston | 09:51 / 22.08.2022
8550
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonga sement asosan Tojikistondan olib kelinmoqda
O‘zbekiston 7 oyda 1,3 mln tonna sement import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga qiymati 52,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,3 mln tonna sement import qilingan.
Qayd etilishicha, sement importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 421 ming tonnaga kamaygan.
2022 yilning 7 oyida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
- Tojikiston – 533 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 385 ming tonna;
- Qozog‘iston – 353 ming tonna;
- Turkmaniston – 11,5 ming tonna;
- Eron – 6,7 ming tonna;
- Xitoy – 1,4 ming tonna;
- Rossiya – 782 tonna.
Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024