O‘zbekiston | 19:31 / 28.08.2022
47398
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyati birinchi, Surxondaryo viloyati oxirgi o‘rinda – maktab bitiruvchilarining qabul ko‘rsatkichi e’lon qilindi

Respublika bo‘yicha 395 299 nafar bitiruvchidan 104 065 nafari OTMlarga o‘qishga qabul qilingan. 

Foto: KUN.UZ

Davlat test markazi joriy yil maktab bitiruvchilarining OTMlarga qabul ko‘rsatkichlari statistikasini e’lon qildi. Ro‘yxatda Navoiy viloyati bitiruvchilari 39,9 foizlik natija qayd etib, yetakchilik qilgan. OTMga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan 13 997 nafar navoiylik bitiruvchining 5 598 nafari talabalikka qabul qilingan.

Kuchli uchlikni Buxoro viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bitiruvchilari davom ettirgan. Buxorolik 23 778 nafar bitiruvchidan 9 139 nafari (38,4 foizi), qoraqalpog‘istonlik 23 258 nafar bitiruvchidan esa 7 532 nafari (32,3 foiz) o‘qishga qabul qilingan.

Ro‘yxatning quyi pog‘onalaridan Andijon (28 524 nafar bitiruvchidan 6 367 nafar, 22,3 foiz), Toshkent (32 601 nafar bitiruvchidan 7 228 nafar, 22,1 foiz) hamda Surxondaryo (32 534 nafar bitiruvchidan 6 633 nafari, 20,3 foiz) viloyatlari joy egallagan.

Tuman va shaharlar kesimida Navoiy viloyatining Zarafshon shahri bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatishgan. Shahardagi maktab bitiruvchilarining 956 nafaridan 462 nafari (48,3 foizi) talabalik baxtiga erishgan.

Mavzuga oid