O‘zbekiston | 12:15 / 09.06.2023
10624
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi o‘quv yilida 381 ming kvota tasdiqlanishi kutilyapti – Ibrohim Abdurahmonov

2023-2024 o‘quv yilida 381 ming abituriyent qabul qilinishi rejalashtirilyapti. Shundan 60 ming kvota davlat grantlariga ajratiladi.

Foto: KUN.UZ

2023-2024 o‘quv yilida oliy ta’limga ajratiladigan kvota bo‘yicha oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, bu yil 381 ming abituriyentni qabul qilish rejalashtirilgan. Shundan 60 ming kvota grantlar uchun ajratiladi.

Biz davlat oliy ta’lim muassasalari  uchun grantlarni tasdiqlab beramiz. To‘lov kontrakt kvotasini esa hozircha 40dan ortiq mustaqillik berilgan OTM  o‘zi uchun belgilab olyapti. Mustaqil bo‘lmagan OTM esa o‘zining bo‘ysunuvidagi vazirliklar va Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishib, kvotalarni tasdiqlaydi. Qabul parametlari tasdiqlanganidan keyin yana batafsil ma’lumot beramiz”, – dedi vazir.

Abdurahmonovning ma’lumot berishicha, hozir yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrab olinishi 38-39 foizga yetgan, bu qamrov yangi o‘quv yilida 42 foizga yetishi ko‘zlanyapti. Bitiruvchilarning oliy ta’lim bilan qamrovi esa 60 foizga yaqinlashyapti.

Vazir shuningdek, bu yil qancha abituriyent hujjat topshirishi kutilayotganiga ham to‘xtaldi. Ma’lum bo‘lishicha, oliy ta’lim va professional o‘quv yurtlari bilan qo‘shib hisoblaganda, bu yilgi qabulda 1 million 200 ming nafardan ortiq abituriyent hujjat topshirishi kutilyapti.

Ma’lumot uchun, bu yil imtihonlar pandemiya davridagi kabi ochiq maydonlarda emas, usti yopiq binolarda o‘tkaziladi. Bu uchun respublika bo‘ylab 92ta hudud tanlab olinib, ro‘yxati e’lon qilingan

Mavzuga oid