5 yil staji bor xotin-qizlarga 500 ta kontrakt kvota ajratildi
5 yil staji bor qizlar uchun kvota tegishli tavsiyanomaga ega bo‘lgan, biroq kirish imtihonlarida talabalikka tavsiya etilmaganlar uchun qo‘llanadi. Ular tavsiyanoma bilan birinchi oliy ta’lim muassasasiga kontrakt uchun qayta tanlovda ishtirok etadi.
Kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining OTMlar kesimidagi taqsimoti e’lon qilindi. Bunda 500 ta to‘lov-kontrakt kvotasi ajratilgan. Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Maxsus tavsiyanomaga ega qizlar ta’limning kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy shakllarini tanlay olishlari mumkin.
Tavsiyanomali abituriyent dastlab o‘z balli bilan hamma qatori tanlovda ishtirok etadi. Agar tanlagan 5 yo‘nalishidan birortasiga o‘qishga kirsa, tavsiyanomadan foydalana olmaydi. Agar o‘qishga kirmasa, o‘zi tanlagan birinchi OTMdagi boshqa xuddi shunday tavsiyanomali qizlar bilan tanlovda ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, 5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma faqat kollej yoki texnikumni tugatganlar uchun amal qiladi, maktabni tugatib, o‘rta ma’lumot bilan ishlayotganlarga taalluqli emas. Shuningdek, bunday tavsiyanoma faqat kollej/texnikum diplomidagi mutaxassislik bo‘yicha ishlayotganlarga beriladi.
Mavzuga oid
21:42 / 22.12.2024
O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi
13:50 / 21.10.2024
Hindiston O‘zbekiston OTMda onlayn smart-auditoriyalarni tashkil etishi mumkin
15:23 / 21.09.2024
“Qo‘lingdan bitta jaket sotvolish kelmaydimi, uyatsizlar...” - TDPUda forma kiymagan talabalar bosimga uchradi
14:49 / 21.09.2024