Toshkentdan Seulga uchayotgan samolyot bortida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
Janubiy Koreyaning «Asiana airlines» aviakompaniyasi amalga oshirayotgan OZ-574 Toshkent – Seul reysi salondagi yo‘lovchilardan birida o‘lim holati qayd etilgani sabab ortga qaytgan. Bu haqda «Novosti Tashkenskogo Neba» Telegram-kanali xabar tarqatdi.
Kun.uz muxbirining aniqlashicha, bortda vafot etgan ayol yo‘lovchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. O‘lim sababi aniq emas, hozirda buni aniqlash maqsadida tibbiy ekspertiza o‘tkazilmoqda.
HL7746 raqamli Airbus A-330-300 samolyoti 27 avgust kuni 22:52 da Toshkent xalqaro aeroportidan havoga ko‘tarilgan va jadval bo‘yicha 08:45 da Janubiy Koreya poytaxti Seulga qo‘nishi kerak bo‘lgan. Ammo yo‘lovchining o‘limi sabab ortga qaytib, 28 avgust tongda yana Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ngan.
Flightradar24.com saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, samolyot chindan Seulga qo‘nmagan va Toshkentga qayta yo‘naltirilgan. Saytda jadvalning parvoz yo‘nalishi ham ko‘rsatilgan va unda uchoq Toshkentdan yo‘lga chiqib, Xitoy osmonidan yana O‘zbekiston poytaxtiga qaytib ketganini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid
13:18
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
23:10 / 23.12.2024
Rossiya Qozog‘istonda 7 mln dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi
10:44 / 17.12.2024
Toshkent metrosi ilk marta bir kunda 1 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi
14:10 / 23.10.2024