Jamiyat | 22:45 / 30.08.2022
13328
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov 102 yoshli Hamro momoga “Shuhrat” medalini topshirdi

Prezident farmoniga muvofiq, 100 yoshdan oshgan bir guruh o‘zbekistonliklar «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi. Ular orasida Qiziltepa tumanida yashovchi 102 yoshli Hamro momo Muslimova ham bor.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Hamro momo 40 yildan ortiq vaqt davomida o‘rta maktabda bolalarga boshlang‘ich ta’limdan saboq bergan. Onaxon turmush o‘rtog‘i rahmatli Adiz bobo Sharipov bilan 5 farzandni voyaga yetkazgan. Hozirgi kunda 35 nevara, 61 chevara va 22 nafar evaraning ardog‘ida umrguzaronlik qilmoqda.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati

U kishini ayyom arafasida qutlash uchun viloyat hokimligi mutasaddilari, jamoatchilik va OAV vakillari “Oqmachit” mahallasidagi xonadonga keldi. Navoiy viloyati rahbari Normat Tursunov Prezident nomidan momoni tabriklab, «Shuhrat» medalini taqdi va bayram sovg‘alarini topshirdi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati

Hamro momo shu kunlarga yetkazgani uchun Yaratganga shukr aytib, xalq farovonligi yo‘lida xizmat qilayotgan davlatimiz rahbariyatiga sog‘lik-omonlik so‘rab duo qildi. 

Mavzuga oid