O‘zbekiston | 20:50 / 31.08.2022
10530
1 daqiqa o‘qiladi

DXMlarda haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish vaqtincha to‘xtatildi

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati sohasida “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi” joriy qilinganligi munosabati bilan 1-5 sentabr kunlari texnik-profilaktik ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Foto: Kun.uz

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) va Davlat xizmatlari markazlarida haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Ichki ishlar vazirligi tomonidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati sohasida “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi” joriy qilinganligi munosabati bilan 1-5 sentabr kunlari texnik-profilaktik ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

“Shu sababdan, YaIDXP va Davlat xizmatlari markazlarida eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish va boshqa avtotransport vositasiga bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqtinchalik to‘xtatiladi”, deyiladi xabarda.

Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qo‘shimcha xabar beriladi.

Mavzuga oid