Fly Dubai’ga Dubay - Namangan yo‘nalishidagi qatnovlar uchun ruxsatnoma berildi
Fly Dubai aviakompaniyasiga Dubay - Namangan - Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.
O‘zbekiston hukumati va Birlashgan Arab Amirliklari hukumati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida 30 avgustda “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan Fly Dubai aviakompaniyasining O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi ekspluatatsion ruxsatnomasiga yangi - Dubay - Namangan - Dubay yo‘nalishi kiritildi.
Bu aviakompaniya tomonidan muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat olgan O‘zbekistondagi uchinchi aeroport hisoblanadi. Hozirgi kunda aviakompaniya Toshkent va Samarqand aeroportlariga aviaqatnovlarni amalga oshirmoqda.
Fly Dubai aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni Boeing 737 havo kemalarida amalga oshiradi.
Bundan oldin FlyNas aviakompaniyasiga Jidda – Toshkent – Jidda yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berilgandi.
Mavzuga oid
07:34 / 23.12.2024
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
19:05 / 26.11.2024
Namanganda flyuorit toshini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
16:53 / 22.11.2024
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
16:34 / 18.11.2024