Rossiyalik milliarderlar yil boshidan beri qariyb 54 mlrd dollar yo‘qotdi
«Severstal» kompaniyasi egalaridan biri Aleksey Mordashov eng ko‘p yo‘qotish bilan birinchi o‘rinda – uning boyligi 7,53 mlrd dollarga kamayib, 21,3 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
2022 yil boshidan beri rossiyalik eng badavlat tadbirkorlarning boyligi 53,939 mlrd dollarga kamaydi.
Eng ko‘p yo‘qotish «Severstal» kompaniyasi egalaridan biri Aleksey Mordashov bilan yuz berdi — 7,53 mlrd dollar. Endilikda uning boyligi 21,3 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
Yo‘qotishlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Evraz holdingi aksiyadori Roman Abramovich turibdi. U 2022 yil boshidan buyon 7,34 mlrd dollar yo‘qotdi. Hozirda Abramovichning boyligi 10,7 mlrd dollarga teng.
NLMK metallurgiya kompaniyasi benefitsiari Vladimir Lisinning boyligi 5,91 mlrd dollarga kamayib, 22,1 mlrd dollarga tushdi.
«Novatek» aksiyadori Gennadiy Timchenko yil boshidan beri 4,65 mlrd dollar yo‘qotdi va hozirda uning boyligi 17,8 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
«Nornikel» kompaniyasi va «Interros» holdingi prezidenti Vladimir Potaninning boyligi esa aksincha, 2,2 mlrd dollarga ko‘paydi va 33 mlrd dollarga yetdi.