Telegram'da ayollarga tuhmat qilib, ularni fohishalikda ayblagan jinoiy guruh aniqlandi
IIV JQBB Uyushgan jinoyatchilik va qurol bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX hamkorligida internet orqali ayollarni haqorat qilib, ularni fohishalikda ayblab tuhmat qilib kelayotgan jinoiy guruhni aniqlash yuzasidan olib borilgan tezkor tadbirlar tashkil etildi.
Aniqlanishicha, jinoiy guruh 200 dan ortiq ayollarning suratlari, telefon raqamlari, ismlarini «Telegram»dagi kanalga yopiq profil orqali joylashtirib kelgan.
Shuningdek, g‘arazli va past niyatlarni ko‘zlagan holda mazkur ayollar pul evaziga fohishalik bilan shug‘ullanib kelishi haqida tuhmat qilib, jabrlanuvchi ayollar o‘z suratlarini mazkur kanaldan o‘chirib tashlashni talab qilgan vaqtlarida ularni turli kurakda turmaydigan uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib kelayotgani haqida ma’lumot olingan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv chora-tadbirlari natijasida, mazkur jinoiy harakatlarni 1982 yilda tug‘ilgan, muqaddam MJtK 41-moddasi (haqorat) bilan javobgarlikka tortilgan, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi M.Sh. va 2003 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi R.S. amalga oshirib kelayotgani aniqlandi. Ular foydalanib kelayotgan telefonlarda jinoiy faoliyatini tasdiqlovchi yozishmalar aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olindi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 139- va 140-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
18:26 / 23.12.2024
Telegram 2024 yilda 1 milliard dollar daromad qildi
20:54 / 12.12.2024
Telegram 2024 yilda 15 milliondan ziyod kanal va guruhlarni blokladi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
08:32 / 29.11.2024