Toshkent aeroportida aniqlangan timsoh bolalari hayvonot bog‘iga topshirildi
Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar tomonidan aniqlangan timsoh bolalari hayvonot bog‘iga vaqtincha saqlovga topshirildi.
Bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, mazkur timsoh bolalari umumiy qiymati 918,5 million so‘mni tashkil qiladi. Tug‘ilganiga bir hafta bo‘lgan Nil timsohi turiga mansub timsoh bolalarining ahvoli Toshkent hayvonot bog‘i xodimlari tomonidan qoniqarli deb baholanmoqda.
Nil timsohlari uzunligi odatda 5 metrdan oshadi. Ularning 7 va undan ortiq metr uzunlikdagi turlari ham uchraydi.
Shuningdek, aeroportdagi bojxona xodimlari xorijdan uchib kelgan boshqa bir fuqaroning qo‘l yuklarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazgan.
Unda bir dona oq rangli sellofan paketi ichida folga qog‘oziga o‘ralgan, pushti rangli plastik idishi ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, taxminiy qiymati 5000 dollar, ya’ni 54 mln 650 ming so‘m bo‘lgan jami 10 dona suvda sudralib yuruvchilar turkumiga kiruvchi buqalamunlar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur jonzotlar Toshkent hayvonot bog‘iga vaqtincha saqlovga topshirildi va mutaxassislar doimiy nazorati ostida parvarishlanmoqda. Hayvonot bog‘i veterinarlari bergan ma’lumotga asosan, tashish qoidalariga rioya qilinmagani sababli, buqalamunlar 6 tasi og‘ir ahvolda deya baholanmoqda.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 19.12.2024
Xitoy sun’iy orolda dunyodagi eng yirik aeroportlardan birini quradi
13:24 / 16.12.2024
AQShdagi aeroport noma’lum dronlar tufayli yopildi
13:21 / 16.12.2024
Toshkent aeroporti hududidan fuqaroga do‘kon ochishda yordam va’da qilgan shaxs ushlandi
00:04 / 03.12.2024