O‘zbekiston | 15:01 / 04.09.2022
10013
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida Nexia-2 ariqqa tushib ketdi, Namanganda Nexia va Damas to‘qnashdi

Foto: Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz—Toshkent yo‘nalishidagi magistral yo‘lda dahshatli avtohalokat ro‘y bergani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat 2 sentabr kuni soat taxminan 12:00 larda Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tgan M-39 Olmaota—Bishkek—Toshkent—Shahrisabz—Termiz avtomobil yo‘lining 829-kilometrida sodir bo‘lgan. Bekobod tumanida yashovchi S.D. ismli haydovchi (1992 yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Nexia-2 avtomobilida o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Zangiota tumanida yashovchi B.X. (1984 yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Nexia-3 avtomobili bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Nexia-2 yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketgan.

Ushbu YTH natijasida ikkala avtomobil haydovchilari tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tuman markaziy shifoxonasiga olib ketilgan.

Toshkentda 2 ta Spark va Mercedes-Benz 220 to‘qnashuvi

Toshkentning Yunusobod tumanida 2 ta Spark va Mercedes-Benz 220 ishtirokida YTH yuz berdi.

Toshkent shahar YHXB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, voqea 3 sentabr kuni soat 14:00 larda Temur Malik ko‘chasida sodir bo‘lgan.Bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan N.X. boshqaruvidagi Spark, R.Sh. boshqaruvidagi Mercedes-Benz 220 va L.U. boshqaruvidagi Spark urilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Namanganda Nexia va Damas to‘qnashdi

Namangan viloyatining Namangan tumanida Nexia va Damas to‘qnashdi. Viloyat IIB matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida har ikkala avtomashina texnik shikastlangan, tan jarohati olganlar yo‘q.

«Namangan viloyati IIB JXX YHXB barcha haydovchilardan yo‘llarda hushyor holda, qoidalarga amal qilib harakatlanishni so‘rab qoladi», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid